- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- 2025-yil 16–18-sentabr kunlari Toshkent shahridagi O‘zekspomarkazdа Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan “Xitoy – Markaziy Osiyo (O‘zbekiston) 2025” savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 16–18-sentabr kunlari Toshkent shahridagi O‘zekspomarkazdа Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan “Xitoy – Markaziy Osiyo (O‘zbekiston) 2025” savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
19.09.2025

2025-yil 16–18-sentabr kunlari Toshkent shahridagi O‘zekspomarkazdа Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan “Xitoy – Markaziy Osiyo (O‘zbekiston) 2025” savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir sanoat kooperatsiyasi, logistika, raqamli savdo va innovatsiyalar bo‘yicha muhim muloqot maydoniga aylandi.
Ishtirokchilar orasida ABA Uzbekistan (O‘zbekiston avtomobil biznesi uyushmasi) vakillari ham bo‘lib, avtomobil bozori va avtokomponentlarni mahalliylashtirishga bag‘ishlangan sessiyalarda faol qatnashdi. Uyushma vakillari tashkilotning maqsad va vazifalarini taqdim etdi, shuningdek, mamlakat avtomobil sanoati rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari — avtokomponentlar, servis, elektromobillar va yangi texnologik yechimlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbir CCPIT ko‘magida o‘tkazildi. ABA Uzbekistan tashkilotchilarga professional platforma va samarali ish sharoitlari uchun minnatdorchilik bildiradi.