Biz haqimizda

21.01.2025

Biz haqimizda

O‘zbekiston avtomobil biznesi uyushmasi – bu mamlakatimiz bozorida faoliyat yuritayotgan milliy avtomobil ishlab chiqaruvchilar, butlovchi qismlar, import qiluvchilar, distribyutorlar va dilerlarning nodavlat, notijorat birlashmasi hisoblanadi. Biz O‘zbekistonda avtomobilsozlik kelajagini birgalikda qurish uchun sohaning asosiy ishtirokchilarini birlashtirdik.

Bizning maqsadimiz – O‘zbekistonni mintaqada avtomobilsozlik sanoatining yetakchi markaziga aylantirish. Biz muvaffaqiyatli biznes uchun sharoitlar yaratish ustida ishlaymiz, korxonalarni rivojlanishining barcha bosqichlarida qo‘llab-quvvatlaymiz va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar ochamiz.

Biz soha kompaniyalari duch kelayotgan muammolarni tushunamiz va ularni hal qilish ustida ishlamoqdamiz. Hamkorlarimiz bilan birgalikda biz kuchli, raqobatbardosh va innovatsion avtomobil sanoatini rivojlantirishga intilamiz. Biz har bir ishtirokchi o‘sishi, rivojlanishi va muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan ekotizimni barpo etmoqchimiz.

Mavzu bo'yicha dolzarb