- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Yangi strategik hamkorlik: Automechanika Tashkent va O‘zbekiston Avtomobil Biznesi Uyushmasi (ABA) kuchlarni birlashtiradi
Yangi strategik hamkorlik: Automechanika Tashkent va O‘zbekiston Avtomobil Biznesi Uyushmasi (ABA) kuchlarni birlashtiradi
22.07.2025

Xalqaro ko‘rgazmalar tashkilotchisi Business Media Central Asia (BMCA) hamda O‘zbekiston Avtomobil Biznesi Uyushmasi (ABA) Automechanika Tashkent 2025 ko‘rgazmasiga tayyorgarlik doirasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanganini faxr bilan e’lon qiladi.
Mazkur hamkorlik doirasida avtomobil bozorining asosiy ishtirokchilarini birlashtiruvchi davra suhbati tashkil etiladi. Unda sohaga oid dolzarb masalalar muhokama qilinib, birgalikda echimlar ishlab chiqiladi hamda rivojlanishning keyingi yo‘nalishlari belgilanadi. Ayniqsa, ko‘rgazmalar va sohaviy uyushmalarning bozordagi o‘rni, shuningdek, bunday tashabbuslarning avtomobil sanoatini modernizatsiya qilish, biznes aloqalarni mustahkamlash va ochiq tadbirkorlik muhiti yaratishdagi ahamiyati alohida ta’kidlanadi.
Ushbu hamkorlik mahalliy kompaniyalar va xalqaro yetkazib beruvchilar — xususan, avtokomponentlar va ilg`or texnologiyalar ta’minotchilari — o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu esa O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi avtomobil biznesining strategik markazi sifatida rivojlantirishga hissa qo‘shadi.