O‘zbekistonda yangi avtomobillar bozori: 2025-yil yanvar–may oylari dinamikasi
  • Chiqarilgan sana: 13.06.2025
  • Format: PDF

O‘zbekistonda yangi avtomobillar bozori: 2025-yil yanvar–may oylari dinamikasi

2025-yilning dastlabki besh oyi yakunlariga ko'ra, mamlakatda jami 137 273 dona yangi avtomobil sotildi. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 7,6% ga kam. Umumiy pasayishga qaramay, sotuvlarning tarkibida har xil yo'nalishdagi tendensiyalar kuzatilmoqda.

— Oylar bo'yicha asosiy o'zgarishlar:

  • Eng katta pasayish may oyida kuzatildi: o'tgan yilning shu oyiga nisbatan -20,3%;
  • Aprel oyida esa qisqa muddatli o'sish qayd etildi: 2024-yil apreliga nisbatan +22,9%;
  • Oylik ko'rsatkichlardagi tebranishlarga qaramay, sotuv hajmlarida umumiy pasayish tendensiyasi saqlanmoqda.

— Segmentlar bo'yicha tuzilma:

Ommabop segmentlar (A, B va LCV) dan tashqaridagi sotuvlar 38 878 donani tashkil etdi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan +2,2% ko'p bo'lib, talabning asta-sekin yuqoriroq sinflarga ko'chayotganini ko'rsatmoqda.

— Brendlar bo'yicha taqsimot:

  • Chevrolet 81,5% ulush bilan yetakchilikni saqlab qolmoqda;
  • Kia 6,7%, BYD 5,7% ulushga ega;
  • Chery (2,5%), Haval (2,1%), Jetour (0,2%) kabi brendlar kichik ulushga ega, biroq ayrimlarida o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda.

2024-yilga nisbatan o'zgarishlar:

  • Chevrolet: -15,8%
  • Kia: +56,6%
  • BYD: +38,9%
  • Chery: +14,1%
  • Haval: +389,1%
  • Zeekr: +140%
  • Opel: +39,5%

O'tgan yillardagi yuqori baza fonida pasayish kuzatmoqdamiz. Ikkinchi yarim yillikdagi dinamikani kuzatib boramiz, bu umumiy trendga aniqroq baho berish imkonini beradi.

Mavzu bo'yicha dolzarb