Oʻzbekiston Avtomobil Biznesi Assotsiatsiyasi Shanxayda oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

02.12.2025

Oʻzbekiston Avtomobil Biznesi Assotsiatsiyasi Shanxayda oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Tadbir doirasida Assotsiatsiya Oʻzbekiston va Xitoy avtomobil sanoati vakillari oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlariga bagʻishlangan taqdimotni namoyish qildi. Unda lokalizatsiya, avtokomponentlar ishlab chiqarishi va texnologik almashinuv yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik istiqbollari bayon etildi.

Ishtirokchilarning muhokama qilingan masalalarga boʻlgan qiziqishi kelgusida professional aloqalarni davom ettirish va hamkorlik imkoniyatlarini chuqurroq oʻrganish uchun asos yaratadi.

Mazkur muloqotlar yaqin istiqbolda qo‘shma tashabbuslarni muhokama qilish va ularni amaliyotga tatbiq etish uchun zamin yaratadi.

Mavzu bo'yicha dolzarb