2025-yil yanvar oyida O‘zbekistonda avtomobillar sotuvi tahlili
  • Chiqarilgan sana: 25.02.2025
  • Format: PDF

2025-yil yanvar oyida O‘zbekistonda avtomobillar sotuvi tahlili

2025-yil yanvar oyida O‘zbekistonda 22 147 dona avtomobillar sotilishi, mamlakat avtomobil bozorining rivojlanish sur’atini aks ettiradi, deya xabar berdi “O‘zavtosanoat” AJ. Asosiy ishtirokchilar va brendlar iste’molchilarning xohish-istaklarida qiziqarli tendensiyalarni shakllantirib, turli darajadagi yutuqlarni ko‘rsatdilar.

Asosiy ishlab chiqaruvchilar va ularning bozordagi ulushi

  • Ishlab chiqarilgan avtomobillarning eng katta hajmini UzAuto Motors ta’minlab, uning soni 12 525 donani va umumiy hajmining 56,5 foizini tashkil etdi. Kompaniya o‘zbek avtomobil ishqibozlari orasida eng mashhur bo‘lib qolayotgan Chevrolet avtomobillarining hamyonbop modellari hisobiga bozorda yetakchilikni saqlab qolishda davom etmoqda.
  • Khorezm Auto 4 643 dona avtomobillari bilan bozorning 21 foizini egallab, barqaror o‘sishni namoyon qilmoqda.
  • Keyingi o‘rinni ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi ADM Jizzakh zavodi 3 165 dona avtomobillari (14,3%) bilan egalladi. Bu korxonada Kia, Chery, Haval va Hyundai Truck & Bus avtomobillari yig‘iladi.
  • BYD Uzbekistan Factory zavodi 1663 dona avtomobillarini ishlab chiqarib, bozorning 7,5 foizini ta’minladi.
  • Qolgan ishlab chiqaruvchilar, jumladan Asaka Motors (105 dona), SamAuto (28 dona) va Jizzakh Auto (18 dona) bozorning 1 foizidan kamroq ulushni egalladi.

Brendlar orasidagi yetakchilar

  • Chevrolet brendi 17 168 dona sotilgan avtomobillari bilan birinchi o‘rinni egallab turishi, brend modeliga bo‘lgan barqaror talabni tasdiqlaydi.
  • Ikkinchi o‘rinda 2 007 dona avtomobillari bilan Kia joylashdi.
  • Gibrid modellarning mashhurligi tufayli o‘z mavqeini mustahkamlayotgan BYD (1 663 dona) yetakchi uchlikni yakunlaydi.
  • Qolgan brendlar quyidagi natijalarni ko’rsatdi: Chery - 599 dona, Haval - 559 dona, Hyundai - 80 dona, Isuzu D-MAX - 28 dona va Jetta - 18 dona.

Eng ko‘p sotilgan TOP-15 modellari

Xaridorlarning modellar bo‘yicha afzalliklarini tahlil qilib, shuni ta’kidlash mumkinki, eng xaridorgir avtomobillar Chevrolet brendiga tegishli:

  1. Chevrolet Cobalt - 9 227 dona
  2. Chevrolet Damas - 3 755 dona
  3. Chevrolet Tracker - 1 810 dona
  4. Kia Sonet - 1 439 dona
  5. Chevrolet Onix - 1 143 dona
  6. Chevrolet Labo - 888 dona
  7. BYD Song Plus Champion DMI - 600 dona
  8. BYD Chazor - 502 dona
  9. BYD Song Pro DMI - 300 dona
  10. Haval M6 - 288 dona
  11. Chery Tiggo 7 Pro - 265 dona
  12. Haval Jolion - 192 dona
  13. Chery Tiggo 2 Pro - 186 dona
  14. Kia Sportage - 155 dona
  15. Kia K5 - 133 dona

Xulosa va istiqbollar

Chevrolet yetakchi bo‘lib qolmoqda: 2025-yil yanvar oyida sotilgan 22 147 dona avtomobillardan 17 168 donasi mazkur brendga tegishli.

Kia sotuvining o‘sishi: Koreya brendi bozorda ikkinchi o‘rinni ishonchli tarzda egallab turibdi, Sonet, Sportage va K5 modellari esa barqaror talabga ega bo‘lishi, brendning O‘zbekistonda yanada o‘sish istiqbollarini namoyon etmoqda.

Xitoy avtomobillariga qiziqishning ortishi: Chery, Haval brendlari barqaror o‘sishni namoyish etmoqda va an’anaviy bozor yetakchilari bilan raqobatlashishni boshladi, BYD sotuvining o‘sishi esa bozorning asta-sekin yangi texnologiyalar va energiya tejovchi yechimlarga moslashayotganini ko‘rsatmoqda.

Mavzu bo'yicha dolzarb