Foydalanish bo‘yicha kelishuv

1. Umumiy qoidalar

Ushbu Foydalanish bo‘yicha kelishuv (bundan keyin "Kelishuv" deb yuritiladi) Kompaniya veb-saytidan foydalanishda "O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasi" MCрJ (bundan keyin "Kompaniya" deb yuritiladi) va foydalanuvchi (bundan keyin "Foydalanuvchi" deb yuritiladi) o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

2. Saytdan foydalanish

Saytga kirish orqali Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

  • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari normalariga rioya etishi;
  • Sayt faoliyatini buzishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik;
  • Saytdan noqonuniy yoki firibgarlik maqsadlarida foydalanmaslik.

3. Saytda ro‘yxatdan o‘tish

Saytning ayrim funksiyalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishda ishonchli va aniq ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi.

4. Shaxsiy ma’lumotlar

Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash Maxfiylik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.

5. Javobgarlikni cheklash

Kompaniya quyidagilar uchun javobgar emas:

  • Sayt ishidagi xatolar yoki uzilishlar;
  • Saytdan foydalanish yoki undan foydalana olmaslik natijasida yetkazilgan zarar;
  • Uchinchi shaxslar tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarning ishonchliligi.

6. Kompaniyaning huquq va majburiyatlari

Kompaniya quyidagi huquqlarga ega:

  • Foydalanuvchini ogohlantirmasdan saytning mazmuni va funksionalini o‘zgartirish;
  • Foydalanuvchi Kelishuv shartlarini buzgan taqdirda, saytga kirishni cheklash;
  • Kelishuv shartlarini buzgan Foydalanuvchi qayd yozuvlarini o‘chirib tashlash.

7. Intellektual mulk

Saytda joylashtirilgan materiallarga bo‘lgan barcha huquqlar Kompaniyaga tegishli. Kompaniyaning yozma roziligisiz materiallardan foydalanish taqiqlanadi.

8. Kelishuvdagi o‘zgarishlar

Kompaniya Kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Yangi versiya veb-saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi..

9. Aloqa ma’lumotlari

Agar savollaringiz bo‘lsa, bizga murojaat qiling:

"O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasi" MChJ

E-mail: info@abauzbekistan.uz

Telefon: +998 78 777-01-10

Manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Navro‘z 6-tor ko‘chasi

Bu saytdan foydalanish orqali siz ushbu Kelishuv shartlariga rozilik berasiz.